Vaqt: Nov. 2, 2021

 

 

Bugun Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan hamda O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanining purviqor tog'lari Oqtosh dam olish maskani atrofida “Yoshlar Eko Turne” va “Eko Patrul” loyihalari o'tkazildi. Loyihada O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi matbuot kotibi O. Ashurov ham ishtirok etdi.

Ushbu loyihada Bo'stonliq tumanining ko'ngilli, faol 300 nafardan ortiq yoshlari ishtirok etdi. 

Loyihani o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlarda vatanparlik tuyg'ularini yanada kuchaytirish, ona tabiatga mehrini oshirish,atrof-muhit ozodaligini ta'minlash hamda ekologik madaniyatni ommalashtirishdan iborat.

Loyiha doirasida tabiat qo'yniga sayohat, atrof-muhitga tashlangan chiqindilardan joylarni ozoda qilish kabi tadbirlar amalga oshirildi. 

Loyihada yoshlar o'n ikki guruhga bo'lingan holda qatnashib, eng faol ishtirok etgan qatnashchilarga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan so'nggi rusumdagi planshet va boshqa ma'naviyat gultoji kitoblari topshirildi. Loyihaning taqdirlash marosimi va gala-konsert dasturi “Heaven's Garden” mehmonxonasida bo'lib o'tdi.

Barcha yangiliklar