Vaqt: Nov. 3, 2021

Yig'ilish kun tartibidagi asosiy  masalalardan biri hisoblangan  - “Yashil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik ko'rgan holda boshlash choralari ko'rib chiqildi. Ushbu loyiha doirasida: 
- yiliga 200 million tup daraxt va buta ko'chatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan;
- bundan buyon ekologiya, daraxt ekish va parvarishlash masalalariga shahar hokimining qurilish bo'yicha o'rinbosari mas'ul bo'ladi;
- bugundan boshlab 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo'yicha "dolzarb 40 kunlik" e'lon qilinadi. 
      Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida – 16 million tupdan, Andijon, Buxoro, Namangan, Farg'onada – 15 million tupdan, Qoraqalpog'iston, Navoiy, Sirdaryo, Xorazmda – 14 million tupdan ko'chat ekiladi.

Barcha yangiliklar