Vaqt: Nov. 4, 2021

"Yashil makon" umummilliy loyiha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  2020-yil 6-oktabrdagi“ Oʻzbekiston Respublikasida Oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4850-sonli qarori qabul qilingan,3-noyabr kuni esa Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tganligi to'g'risida ma'lumot bergan edik. 
Yig'ilish doirasida  - “Yashil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik ko'rgan holda boshlash choralari ko'rib chiqilgan edi.Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda  joylarda ko'chat ekish ishlari boshlab yuborilgan. Xususan, Buxoro viloyati O'rmon xo'jaligi boshqarmasi tizimdagi o'rmon xo'jaliklari tomonidan ko'chat ekish  ishlari olib borilmoqda. Shu bois, Jondor hamda Olot o'rmon xo'jaliklarida tuman hokimlari va tuman o'rmon xo'jaligi vakillari ko'chatlar ekishmoqda.
 

Barcha yangiliklar