Vaqt: Jan. 7, 2022

O‘RMON XO‘JALIGI RIVOJLANGAN DAVLATLARGA NAZAR

XITOY. Xitoy Xalq Respublikasining o‘rmon xo‘jaligi ishlarini boshqaradigan ma’muriyat - Xitoy davlat o‘rmon va yaylov xo‘jaligi boshqarmasi deb ataladi. Bu nom 2018 yil 10 aprel sanasidan shunday  nomlana boshlangan. U Tabiiy resurslar vazirligi tasarrufiga kiradi. (https://urmon.uz/uz/13597/) Pekin shahrida O‘rmonchilik ilmiy tadqiqot instituti mavjud.
  
2013 yilda mamlakatning milliy o‘rmon bilan qoplangan maydoni 174,9 million gektar, ya’ni umumiy yer maydonining 18,2 foizini tashkil etgan. Bu ko‘rsatgich 1998 yilga nisbatan 16 million gektarga oshirilgan. O‘rmon yog‘och zaxiralarini 12,5 milliard m3 ga oshirilib, bu har aholi jon boshiga  0,8 m3 dan to‘g‘ri keladi. 

Barcha yangiliklar