Vaqt: March 21, 2022

21-mart Xalqaro O‘rmonlar kuni

21-mart 1971-yili tashkil etilgan va haligacha har yili butun jahonda Xalqaro o‘rmonlar kuni yoki Umumjahon o‘rmonlarni himoya qilish kuni nishonlanib kelinadi. Ushbu kunni tashkillashtirish tashabbuskori 1971-yilda 23-Bosh Assambleyada Yevropa qishloq xo‘jaligi Konfederatsiyasi so‘zga chiqishi bo‘ldi va bu g‘oya BMTning Jahon oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Har yili 21 mart kuni  Umumjahon o‘rmonlarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanib kelinadi.
         O‘rmon va uning boyligini saqlab qolish masalasi bugungi kunda dunyoning barcha mamlakatlari uchun eng muhim ekologik muammolar qatorida. So‘nggi yillarda Yerning o‘rmonlarning yo‘qolib ketishi bilan bog‘liq tendentsiyalar butun xalqaro hamjamiyatlarda tashvish uyg‘otdi.

Barcha yangiliklar