Vaqt: March 24, 2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq soʻzlamoqda. 

Davlatimiz rahbari forumning barcha ishtirokchilarini samimiy qutladi.

“Oʻzbekiston zamini koʻp asrlar davomida dunyoning turli mintaqalaridagi savdogar, ishbilarmon va tadbirkorlar eʼtiborini oʻziga tortib kelgan.

Buyuk ipak yoʻlining markazida joylashgan yurtimiz qadimdan Osiyo, Yevropa va Afrika qitʼalarining karvon yoʻllari tutashgan hudud sifatida mashhur boʻlgan.

Xitoy, Hindiston, Eron, Vizantiya, Misr kabi mamlakatlarda shakllangan sivilizatsiya va madaniyat namunalari aynan qadimgi Movarounnahr, hozirgi Oʻzbekiston hududida uchrashib, bir-birini oʻzaro boyitib kelgan.

Buning natijasida 3 ming yillik davlatchilik tarixiga ega mamlakatimiz uzoq davr mobaynida dunyoning savdo, iqtisod, ilm-fan, madaniyat va sanʼat yuksak ravnaq topgan markazlaridan biri boʻlib xizmat qilgan”, dedi Prezident.

Barcha yangiliklar