Vaqt: March 29, 2022

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi GIZ va Eco-Aral  bilan hamkorlikda "Qoraqalpogʻistonda muhofaza etiladigan hududlarda ekoturizmni rivojlantirish" mavzusida xalqaro amaliy seminar oʻtkazilmoqda. Xalqaro seminarga Germaniyadan Doktor Nikol Xoysler va ekoturizm boʻyicha mutaxassis Martin Petrichlar maʼruzachilar va Qozogʻistondan qatnashchilar tashrif buyurgan. Tadbirda Xalqaro aloqalar va ekoturizmni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari F.Charangaev maʼruzachi sifatida taqdimot oʻtkazdi. Seminarda ekologik turizm mahsulotlarni aniqlash va barpo etish hamda mahalliy aholi bilan ishlash kabi jihatlar yuzasidan amaliy oʻrganish ishlari oʻrganiladi. Seminar 2 aprelgacha davom etadi.

Barcha yangiliklar